Hamkorlik
Agar siz tug‘ruqxona, klinika, bolalar markazi, xususiy bog‘cha yoki bolalar bilan bog‘liq boshqa tashkilotni boshqarayotgan bo‘lsangiz — biz siz bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.
Biz chaqaloqlar uchun mahsulotlarga ixtisoslashganmiz va sifat, xavfsizlik hamda qulaylik qanchalik muhimligini yaxshi tushunamiz.
Bizda siz barcha kerakli mahsulotlarni bir joyda topishingiz mumkin — oziq-ovqatdan tortib parvarish va texnikagacha.
Bizning assortiment
Oziqlanish va ovqatlantirish
Bolalar aralashmalari, bo‘tqalar, pyurelar, pechenyelar, ichimliklar va vitaminlar.
Shuningdek, ovqatlantirish uchun barcha aksessuarlar: butilkalar, so‘rg‘ichlar, idishlar, konteynerlar va boshqa vositalar.
Parvarish va gigiyena
Pamperslar, salfetkalar, pelyonkalar va chaqaloq uchun dorixona to‘plamlari.
Bolalar kosmetikasi: shampun, krem, moy va gigiyena vositalari.
Uy uchun xavfsiz yuvish va tozalash vositalari ham mavjud.
Onalar uchun mahsulotlar
Mamlarga qulaylik yaratish uchun: moloko‘tsoslar, ko‘krak uchun vositalar, vitaminlar va tug‘ruqxona uchun tayyor to‘plamlar.
Kiyim va aksessuarlar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun kiyimlar, sochiqlar va sumkalar.
Maishiy texnika
Sterilizatorlar, isitkichlar, inhalyatorlar va bolaga qarashni osonlashtiradigan texnika.
Biz nimani taklif qilamiz
Hamkorlar uchun qulay narxlar
Ulgurji xaridorlar va tashkilotlar uchun maxsus narxlar va shartlar mavjud.
Tanlashda yordam
Auditoriyangizga mos mahsulotlarni tanlashda yordam beramiz.
Misol: tug‘ruqxona uchun — asosiy parvarish va oziqlanish mahsulotlari, do‘kon uchun — keng assortiment.
Rasmiy ishlaymiz
Hisob-faktura beramiz, shartnoma tuzamiz va kerakli sertifikatlarni taqdim etamiz.
Moslashuvchanlik
Yetkazib berish, to‘lov va boshqa shartlarni kelishib olamiz.
Hamkorlikni qanday boshlash mumkin
Bizga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — ehtiyojlaringizni muhokama qilamiz, prays yuboramiz va qulay shartlarni taklif qilamiz.
Telefon: +998977445111
Email: chadoshbabystore@gmail.com
Telegram: @kiddypop_admin
👉 Mahsulotlarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin: kiddypop.uz/products